"BUXORO MATEMATIKA OLIMPIADASI"

"BUXORO MATEMATIKA OLIMPIADASI" ga taklif qilamiz!


O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti Buxoro bo`linmasi hamda Buxoro davlat universiteti "Differensial tenglamalar", "Matematik analiz" va "Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari" kafedralarining tashabbusi bilan "Buxoro matematika olimpiadasi" nomli ochiq online-olimpiada tashkil qilinmoqda.

Olimpiada umumta`lim maktablarining 5-11 sinflari o`quvchilari o`rtasida o`zbek tilida o`tkaziladi. Olimpiada online - test shaklida o`tkazilib, 40 ta topshiriq uchun 2 soat vaqt ajratiladi: 1-20-topshiriqlar 1,5 balldan, 21-30-topshiriqlar 2,5 balldan, 31-40-topshiriqlar 4,5 balldan baholanadi, jami 100 ball. Olimpiada savollari mutaxassislar tomonidan xalqaro standartlar asosida tuzilgan

Barcha ishirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlanadilar. Sinflar kesimida dastlabki 3 ta o`rin sohiblari mos ravishda I-, II- va III-darajali diplomlar bilan taqdirlanadilar. Olimpiadada ishtirok etish uchun 5000 so`m badal puli to`lanadi

Olimpiada kunlari:

  • 12-noyabr 5-6 sinflar uchun online-test soat 09:00 dan 17:00 ga qadar ixtiyoriy 2 soat davomida;
  • 16-noyabr 7-8 sinflar uchun online-test soat 09:00 dan 23:00 ga qadar ixtiyoriy 2 soat davomida;
  • 19-noyabr 9 sinflar uchun online-test soat 09:00 dan 23:00 ga qadar ixtiyoriy 2 soat davomida;
  • 23- noyabr 10 sinflar uchun online-test soat 09:00 dan 23:00 ga qadar ixtiyoriy 2 soat davomida;
  • 26- noyabr 11 sinflar uchun online-test soat 09:00 dan 23:00 ga qadar ixtiyoriy 2 soat davomida.

Izoh: Olimpiada natijalari olimpiada o`tkazilgan kuni soat 20:00 da e`lon qilinadi!

Hakamlar hay`ati:

Hay`at raisi: f.-m.f.d., prof. D.Q. Durdiev

Hay`at azolari:

  • f.-m.f.n., dots. X.R. Rasulov
  • f.-m.f.n., dots. O.I. Jalolov
  • f.-m.f.f.d. (PhD) U.D. Durdiev

Savollarni tuzuvchi professor-o`qituvchilar:

  • Z.R. Bozorov
  • Z.N. Hamdamov
  • S.S. Xudoyorov
  • E.B. Dilmurodov
  • A.A. Raxmonov
  • J.J. Jumayev
  • U. Shadmanov
  • S.S. Boboyev
  • H.H. Turdiyev
  • G`.G`. Qurbonov
  • U.N. Xayriyev
  • B.I. Bahromov

‘Buxoro matematika olimpiadasi`ga taklif qilamiz!
Qo`shimcha ma`lumot bilan https://t.me/matinstitutbuxbulinmasi
telegramm kanali orqali tanishib borishingiz mumkin.
Olimpiadada ishtirok etish uchun http://eduline.uz/bukhmatholymp.asp sahifa orqali ro`yxatdan o`tiladi.

YOUNG SCHOLARS

Onlayn ta`lim olishning keng imkoniyatlarini taqdim etadi

24/7 Rejimdagi ta`lim

Uydan chiqmasdan turib bilim olish..

Yuksak malakali ustozlar

Mahoratli ustozlar bilan doimiy muloqot tizimi