2007 yil davlat grant asosida Buxoro Davlat Universitetiga kirgan. 2011 yildan 2013 yilgacha Buxoro Davlat Universiteti amaliy matematika va axborot texnologilayari mutaxassisligi bo’yicha magistraturani o’qigan. 2013-2020 yillarda Buxoro Davlat Universiteti o’qituvchisi bo’lib ishlagan. 2015 yilda Yevropa Ittifoqining Erasmus Mundus dasturi Silkroute loyihasi tanlovi g’olibi bo’lib Italiya davlatining Padova Universitetida 10 oy muddatda ilmiy tadqiqotchi (PhD) sifatida faoliyat yuritgan. 2019 – yilda BuxDU tomonidan Indoneziya davlatining Gunadarma universitetida 1 oy muddatda malaka oshirgan. El-yurt umidi fondi 2019 yil stipendiyati. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti Buxoro bo’linmasi katta ilmiy hodimi lavozimida faoliyat ko’rsatmoqda.
Asosiy maqsadi o’zining matematika o’qitish metodikasi orqali kuchli-iqtidorli matemetik shogirdlarni tayyorlab Buxoro matemtatika maktabini yanada yuksaltrirish!
Shiori: Doim oldinga, yangi muvofaqiyatlar sari mehnat qilib, intilib yashash!
Связаться с учителем